Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
USAID o‘zbekistonlik mutaxassislarning sil tashxisini qo‘yish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirmoqda
Foto: USAID
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) oxirgi 12 oy ichida ikkinchi marta O‘zbekiston mutaxassislariga Fransiyaning Tuluza shahriga sil kasalligini aniqlashda molekulyar-genetik tashxis qo‘yish GeneXpert MTB/RIF ekspress-test usullariga bag‘ishlangan halqaro seminarda qatnashish uchun imkoniyat yaratdi. Seminar USAIDning O‘zbekiston Milliy silga qarshi kurash dasturini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida o‘tkazilayotgan ko‘plab ma'lumot almashuvi faoliyatlaridan biri bo‘lib, u Amerikaning molekulyar tashxislash va ilmiy-texnik uskunalar ishlab chiqarish sohasidagi yetakchi «Sefeid» (Cepheid) kompaniyasi tarafidan o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi qoshidagi milliy referens laboratoriyasi, Buxoro viloyat silga qarshi kurashish dispanseri koshidagi regional laboratoriya mutaxassislari uch kunlik seminarda qatnashdilar. Seminar davomida ular ikki soatdan kam vaqt ichida balg‘amda sil mikobakteriyasi borligi, silning turi, ya'ni antibiotiklarga sezgir yoki chidamliligini aniqlashga imkon beruvchi GeneXpert innovatsion uskunani ishlatishni o‘rganishdi. Ushbu yuqumli, lekin davosi bor kasallikni shunday tezkor aniqlash davolash taktikasini tanlashda katta ahamiyat kasb etadi, chunki odatdagi laboratoriya testlari yordamida kasallikni aniqlash uch oygacha muddat talab qilib, davolashni vaqtida boshlashga kerak bo‘lgan qimmatli vaqtni yo‘qotilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
USAID O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligining Milliy silga qarshi dasturni bajarishda va aholi, shu jumladan uning ijtimoiy zaif guruhlari orasida tashhis qo‘yish, davolash va silning oldini olishning yanada samarali va mavjud uslublarini tadbiq etishda qo‘llab-quvvatlamoqda. USAIDning silga qarshi kurash uchun umumiy byudjyeti $7.6 mln bo‘lgan besh yillik dasturining asosiy maqsadi mamlakatda sil kasalligi oqibatlarini kamaytirish va silning ko‘plab dorilarga turg‘un shakllari rivojlanishining oldini olishdan iborat. Dastur keng ko‘lamli texnikaviy masalalarni va sog‘liqni saqlash sohasining insoniy va institutsional potensialini oshirish, tashkilotlararo hamkorlik va koordinatsiyani mustahkamlash hamda elektron baza ma'lumotlaridan foydalanishni kengaytirish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
23:28 / 29.08.2025
USAID rasman yopiladi – Marko Rubio
07:36 / 28.07.2025
Tramp yordam va OAV uchun xarajatlarni qisqartirish haqidagi qonunni imzoladi
08:30 / 19.07.2025
AQSh Senati USAID va ikkita OAVga davlat xarajatlarini qisqartirishni ma’qulladi
20:58 / 08.07.2025