Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Andijon-O‘sh «Do‘stlik» chegara punkti ochilishi kutilmoqda
Bugun, 6 sentabr kunining ikkinchi yarmida Andijon va O‘sh viloyatlari o‘rtasidagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston «Do‘stlik» chegara-o‘tkazuv punktining tantanali ravishda ochilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Bishkekdagi elchisi Doniyor Sidiqov ma'lumotiga tayangan holda qirg‘iz mahalliy nashlari xabar tarqatdi.
Xabarlarda aytilishicha, O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari kecha «Ala-Archa» qarorgohida bir qator hujjatlar bilan birga chegara masalasiga doir muhim kelishuvga imzo qo‘ygan. So‘nggi yillarda mazkur chegara punktidan o‘tish ikki tomon fuqarolariga turli qiyinchiliklarni paydo qilgan, endilikdi ana shulardan biri, ikkinchi tomondan yuborilgan telegrammani ko‘rsatish tartibi bekor qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziëyev davlat tashrifi bilan Bishkekka tashrif buyurdi. Bu O‘zbekiston prezidentining keyingi 17 yilda qo‘shni Qirg‘izistonga davlatiga birinchi rasmiy tashrifi bo‘ldi. Unda muhim kelishuvlardan biri, Qambar Ota GES inshootini birgalikda barpo etish masalasi ijobiy hal bo‘ldi.
Mavzuga oid
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
19:01 / 10.05.2026