Jahon | 22:03 / 06.09.2017
15434
2 daqiqa o‘qiladi

Indoneziya musulmonlari Myanmadagi zo‘ravonliklarga qarshi namoyishlar o‘tkazishmoqda

Foto:EPA

6 sentabr kuni indoneziyalik musulmonlar Jakartadagi Myanma elchixonasi oldida rohingya musulmonlariga nisbatan zo‘ravonlikni bas qilishni talab qilib,  namoyishlar o‘tkazishdi. Daily Sabah shu haqida xabar berdi. 

Minglab namoyishchilar poytaxt ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, Jakarta markazidagi Myanma elchixonasi oldiga to‘planishdi. 

Noqonuniy muhojirlar deya haqorat qilinayotgan rohingyalarning shafqatsizlarcha ta'qib qilinishi eng ko‘p musulmonlar yashovchi Indoneziya mamlakati va butun musulmon olamining g‘azabini qo‘zg‘adi. 

Namoyishchilar "Rohingya musulmonlarini o‘ldirishni to‘xtating" deb yozilgan plakatlarni ko‘targancha "Allohu akbar" deya qichqirishgan. 

"O‘ylashimcha, bu nafaqat din muammosi, bu insoniyat muammosi hamdir. U yerda bo‘layotgan voqealar o‘ta shafqatsizlikdan darak beradi", - deydi qo‘shni bogorlik o‘qituvchi Tita Ftmavati. 

Elchixonani qo‘riqlash uchun 6 mingga yaqin qurollangan politsiyachi va harbiylar jalb qilingan. Elchixona tikanli to‘siq bilan o‘ralgan. 

Mamlakatning tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi seshanba kuni Myanmaga ikki kunlik tashrifini yakunladi. TIV rahbari Su Chji hamda armiya generali Min Aun Xlainni inqirozni bartaraf etishga chaqirdi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid