Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanma Bangladesh bilan chegaralarida mina joylamoqda
Myanma armiyasi Bangladesh bilan chegara hududlarida minalar joylashtirmoqda, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi Bangladesh hukumatidagi manbalariga tayangan holda.
«Bizning kuchlar sim to‘r yaqinida ishlayotgan 3-4 ta guruhni ko‘rgan. Ular yerga nimalarnidir joylashtirayotgan edi», — degan manbalardan biri.
Agentlikning qayd etishicha, keyinroq manbalar chegaralarga minalar o‘rnatilayotganini tasdiqlashgan.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, rohingya musulmonlarining Myanmaga qaytishlariga to‘sqinlik qilish maqsadida minalar joylanayotgan bo‘lishi ehtimol.
Avvalroq, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Myanma hukumatini rohiingyalarga huquqiy maqom va fuqarolik taqdim etishga chaqirgan edi.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
13:18 / 01.12.2025
O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin
09:43 / 27.11.2025
Bangladeshda O‘zbekistonning yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
16:11 / 17.11.2025