Jahon | 13:21 / 06.09.2017
3377
1 daqiqa o‘qiladi

Vengriya va Slovakiyaning qochqinlar uchun kvotalar bo‘yicha da'vosi rad etildi

Foto: RIA Novosti

Yevroittifoq sudi Vengriya va Slovakiyaga rad javobini berdi. Ular qochqinlarni joylashtirish uchun majburiy kvotalarni bekor qilishni talab etib da'vo arizasi bilan chiqishgandi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Sud da'volarni rad etdi», - deya ma'lum qilishgan sud instansiyasi matbuot xizmatidan.

Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa qochqinlar muammosi bo‘yicha «uy vazifasi»ni bajara olmagani haqida aytib o‘tgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid