18:40 / 06.09.2017
6893

WP: Trampdan Janubiy Koreya bilan «hayotiy ahamiyatga» ega bo‘lgan kelishuvni bekor qilmaslikni so‘rashmoqda

Foto: The Atlantic

AQSh Demokratik va Respublika partiyalaridan bo‘lgan qonun chiqaruvchilar prezident Donald Trampga Janubiy Koreya bilan savdo kelishuvini bekor qilmaslik haqida murojaat bilan chiqishdi. Ularning ma'lum qilishicha, kelishuv mamlakat sanoatining muhim sohalari uchun «hayotiy ahamiyatga» ega. Bu haqda The Washington Post nashri yozmoqda.

«Janubiy Koreya asosiy iqtisodiy sheriklardan biri, bizning yettinchi eng yirik eksport bozorimiz va Amerika ishlab chiqaruvchilari, xizmatlar yetkazib beruvchilari, fermerlar hamda rancholari uchun hayotiy ahamiyatga ega mijoz sanaladi», - deya ta'kidlab o‘tishdi qonun chiqaruvchilar prezidentga qo‘shma bayonotda.

Oq uy amaldorlari so‘zlariga ko‘ra, Tramp kelishuv haqida hozircha yakuniy qarorni qabul qilmagan.

Nashrning mol go‘shti eksporti Milliy assotsiatsiyasi ma'lumotlariga tayanib xabar berishicha, Janubiy Koreya Amerika mol go‘shti uchun Yaponiyadan so‘ng ikkinchi eng yirik eksport bozori hisoblanadi.

Avvalroq Tramp AQShga 4 trln dollarni qanday qaytarish mumkinligini aytgandi.

Mavzuga oid
Top