Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya bosh vaziri KXDR bo‘yicha jahon hamjamiyatiga chaqiriq bilan chiqdi
Avstraliya bosh vaziri Malkolm Tyornbullning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreyaga iqtisodiy bosim o‘tkazish Koreya yarim orolidagi vaziyatga yechim topishda yordam berishi mumkin.
«Kim Chen Inning tahdidli harakatlari ko‘payib bormoqda. Mening ishonchim komilki, xalqaro hamjamiyat Shimoliy Koreyaga yanada kuchliroq iqtisodiy bosim o‘tkazishi kerak, shunda bu rejim o‘ziga keladi», - deya bosh vazirning so‘zlarini keltiradi News.com.au.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Avstraliya va AQSh Yaponiya hamda Janubiy Koreya bilan KXDRni «aqlsiz va qonunlarga zid siyosatni» to‘xtatishga majburlash maqsadida o‘zaro harakatlarni ko‘rish niyatida.
Avvalroq Moskva va Seul KXDR bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirmoqchi ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
22:52 / 29.03.2026