Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taylandlik “o‘rgimchak-odam" mototsiklchini o‘limdan saqlab qoldi
Taylandda “o‘rgimchak-odam" kiyimidagi erkak yo‘lda mashina tomondan urib ketilgan mototsiklchining hayotini saqlab qoldi. Yo‘l-transport hodisasi videoyozuvi Ta-Yang viloyati politsiya departamentining Facebook’dagi sahifasida joylashtirilgan.
Videodan ko‘rinishicha, mototsiklchini oq pikap urib yuborgan. Jabrlanuvchi yo‘lning qatnov qismiga yiqilib, “o‘rgimchak-odam” kiyimidagi erkak uning yoniga yugurib kelmaguncha u yerda yotgan. “O‘rgimchak-odam” qatnovni to‘xtatib, mototsiklchiga birinchi yordam ko‘rsatgan.
Mahalliy OAVning ma'lum qilishicha, jabrlanuvchi og‘ir jarohatlar olgan. Aniqlanishicha, “o‘rgimchak-odam” hozirda girlyandalar sotish bilan shug‘ullanuvchi sobiq aktyor bo‘lib chiqqan. Erkak ishida filmlardagi superqahramonlar kiyimlarini kiyib yurishni xush ko‘rishini aytgan.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
15:21 / 03.06.2026
Guvohnomasi yo‘q ikki yigitchaning poygasi o‘limlar bilan tugadi
17:39 / 02.06.2026
Toshkentda BYD yo‘lovchi avtobus bilan to‘qnashdi
12:10 / 27.05.2026