Jahon | 22:50 / 08.09.2017
6372
1 daqiqa o‘qiladi

Kubada “Irma” dovuli sababli 700 ming kishi evakuatsiya qilindi

Foto:odishatv.in

“Irma” dovuli yopirilishi mumkin bo‘lgan Kubaning sharqiy hududlaridan 700 ming kishi evakutsiya qilindi. Bu haqda Kuba matbuoti ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, odamlar yaqinlarinikida, 45 ta evakuatsiya markazi va 39 ta panagohda joylashtirilmoqdalar. 

Ayni vaqtda Kuba sharqidagi ba'zi tumanlarda kuchli yomg‘irlar kuzatilmoqda. Buning oqibatida sohilbo‘yi hududlari suv ostida qolmoqda. Yomg‘irlar kuchli shamol bilan kechmoqda.

7 sentabrda Kuba inqilobiy kuchlarining sharqiy okrugi qo‘mondonligi “Irma” o‘tishi mumkin bo‘lgan hududlardan 51 ming xorijiy sayyoh evakuatsiya qilinganini ma'lum qilgandi. 

Bundan avval dovulning yaqinlashayotganini bildiruvchi tropik bo‘ron Kuba sharqidagi Guantanamo, Olgin va Las-Tunasga yopirilgani ma'lum qilingandi.

Kuba fuqarolik mudofaasi bosh shtabi mamlakatning sharqiy viloyatlari – Guantanamo, Santyago-de-Kuba, Granma, Las-Tunas, Kamaguey, Sego-de-Avila va Vilya-Klarada trevoga rejimini kiritgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid