Jahon | 14:47 / 08.09.2017
9229
2 daqiqa o‘qiladi

Nino Burdjanadze Saakashviliga qarshi sudda guvohlik berdi

Foto: RIA Novosti

Gruziya parlamentining sobiq spikeri Nino Burdjanadze mamlakat sobiq prezidenti Mixail Saakashviliga qarshi Tbilisi sudida guvohlik berdi. Bu haqda Sputnik Gruziya xabar qilgan.

«Burdjanadze Gruziyaning uchinchi prezidenti Mixail Saakashviliga qarshi 2005 yilda parlament deputati Valeriy Gelashvilini kaltaklanish holati bo‘yicha guvohlik berdi», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, Burdjanadzeni guvoh sifatida so‘roq qilishgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Gelashvili bilan u kaltaklanganidan so‘ng uchrashgan va «u oddiy holatda emas, balki maxsus amaliyot oqibatida do‘pposlagani aniq bo‘lgan».

Budjanadzening bildirishicha, u hodisani Saakashvili bilan ham muhokama qilgan. Gruziya sobiq prezidenti bunday holat ro‘y berishini avvaldan bilganini inkor etmagan.

Mixail Saakashvili Gruziyani 2013 yilning noyabrida tark etgan bo‘lib, o‘shandan beri vataniga qaytmagan. Sobiq prezident davlat ichida qidiruvga berilgan.

Avvalroq Nino Burjanadze 2008 yildagi urushni Saakashvili boshlaganini ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid