Gruziya parlamentining sobiq raisi Nino Burjanadze RT’ga bergan intervyusida 2008 yilning 8 avgustida Janubiy Osetiyada yuz bergan hodisalar haqida aytib ötdi.

«Saakaşvili uruşni boşlagan (2008-2013 yilda Gruziya prezidenti bölgan – tah.). Bu fojiali hodisalar uçun mas'uliyat aynan uning zimmasida. Barça OAV vakillari meni Gruziyaning duşmani sifatida ma'lum qilişgan. Hamda hozirga qadar – bu YeI komissiyasining suriştiruvi, şveysariyalik diplomat Haydi Talyavinining (2008 yilgi mojaro sabablarini tekşiruvdan ötkaziş böyiça xalqaro komissiya rahbari bölgan – tah.) bayonoti va aslida nima röy berganini hamma allaqaçon tuşunib yetganiga qaramay yuz berdi. Gruziyada uruşni Saakaşvili boşlaganini aytiş biroz noqulay. Heç kim bunga e'tibor qaratişni va bu mavzuda gaplaşişni istamaydi», - deya ma'lum qildi Burjanadze.

Janubiy Osetiyadagi ixtilof gruziyalik qöşinlar respublika hududiga 2008 yilning 8 avgust kuni kirib, poytaxt Tsxinvalni öqqa tutişganidan söng boşlangan. Beş kunlik jangovar harakatlardan keyin gruziyalik harbiylar respublikadan çiqarib taşlangan.