Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JAR prezidenti partiyasi jodugarlik sababli saylovlarda mag‘lubiyatga uchraganini aytdi
JAR prezidenti Jyeykob Zuma o‘z partiyasi – Afrika xalq kongressining (AXK) G‘arbiy-Kapa viloyatidagi saylovlarda Demokratik alyans ustidan g‘alaba qozona olmaganini jodugarlik bilan tushuntirdi. Bu haqda Sowetan nashri xabar bermoqda.
“Men ular qayerdan omadni olishganini bilmayman, chunki ulardan ko‘pchiligi yaxshi yashamaydi. Bilmadim, balki bu jodugarlikdir”, deb aytgan Zuma Lvandle shahridagi nutqida.
Uning aytishicha, G‘arbiy-Kapa viloyatidagi saylovlarda “ruhlar” ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.
2016 yilda JARning muxolif partiyasi hisoblanadigan Demokratik alyans G‘arbiy-Kapa viloyatidagi mahalliy o‘z o‘zini boshqarish organlariga saylovlarda g‘olib bo‘lgandi. Muxolifat Keyptaun munitsipalitetidagi uchdan ikki o‘rinni egallagan.
Mavzuga oid
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
13:57 / 21.12.2025
JARdagi barda otishma. O‘nga yaqin kishi halok bo‘lgan
10:41 / 28.11.2025
Vashington–Pretoriya mojarosi: Tramp JARni G20 Mayami sammitidan chetlatmoqchi
21:27 / 06.11.2025