Sport | 23:49 / 09.09.2017
10755
2 daqiqa o‘qiladi

Kichik mistika. Fransiyada bir yil oldingi voqealar takrorlandi

Fransiya chempionatining 5-turdan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda «Nitstsa» «Monako»ni qabul qildi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan oldinga tashlangan mezbonlar Balotellining penaltidan, Pleaning o‘yindan kiritgan gollari evaziga birinchi bo‘limni 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlashgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Balotellining yana bir goliga Ganago sheriklik qildi. Natijada yakuniy hisob — 4:0.

Qiziq tomoni, 2016 yilning sentabrida, ya'ni bundan roppa-rosa bir yil oldin aynan shu ikki jamoa o‘rtasidagi uchrashuvda 4:0 hisobi qayd etilgan va o‘shanda ham Mario Balotelli dublga erishgandi.

Fransiya chempionati, 5-tur

Nitstsa – Monako 4:0 (2:0)

Gollar: Balotelli (6, penalti, 60), Plea (18), Ganago (85).
Nitstsa: Kardinal, Marlon, Jalle, Suke, Le Marshan, Kozello (Mendi, 85), Seri, Le-Melu, Sent-Maksimen (Valter, 79), Balotelli (Ganago, 74), Plea.
Monako: Subashich, Glik, Jorjye, Jyemerson, Sidibe, Moutinyu, Fabino, Lemar (Gezzal, 46), Lopesh (Karrilo, 46), Diakabi, Falkao (Yovetich, 69).
Ogohlantirishlar: Sidibe (5), Jalle (11), Jorjye (14), Balotelli (69).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid