Ronaldu va Saloh YeÇLsiz qolişi mumkin, «Atletiko» 7 yil ötib, şohsupaga qaytadimi? Kuçli beşlikning asosiy intrigalari
|21:21 / 15.05.202116 86616 min
Yevropada milliy çempionatlar poyoniga yetib bormoqda, ammo aytiş mumkinki deyarli barça ligalarda juda ahamiyatli örinlar uçun kuraş qizğin pallaga kirgan. Ispaniya va Fransiyada esa hali çempion ham aniqlangani yöq. Bu safargi anonsni sal boşqaça tayyorladik. Ya'ni e'tiborli jamoalarning öyiniga emas, mavjud eng katta intrigalar haqida söz yuritamiz.
ANGLIYa: Çempionlar Ligasi kimga nasib qiladi?
Premer-ligani tark etuvçi jamoalar ham, mamlakat çempioni ham rasman aniq bölib ulgurgan. Asosiy masala, Çempionlar ligasiga yöllanma beruvçi qolgan ikki örin uçun da'vogarlik qilayotgan 4 klubdir. «Liverpul» «Old Trafford»dagi ğalabadan söng, öz pozitsiyasini juda yaxşi körinişga keltirib oldi va bunga albatta, «Çelsi»ning London derbisidagi mağlubiyati ham yordam berib yubordi. Endi Klopp şogirdlari qolgan uç öyinni ğalaba bilan yakunlaşsa, boşqa öyinlar natijasidan qat'i nazar, deyarli kuçli törtlikdan örin olişadi.
Hozirda «Lester»da 66, «Çelsi»da 64 oçko mavjud bölib, bu ikki jamoada 2tadan öyin qolgan. «Liverpul» hisobida 60 oçko bor, lekin bir öyin zaxirasi ham bor. Demak, «Liverpul» öz öyinlarini («Vest Bromviç», «Byornli», «Kristal Pelas») yutadigan bölsa, yakunda 69 oçkoga ega böladi. Bu dovoni «Lester» va «Çelsi» oşib ötişi mumkin, lekin birgalikda emas, zero uşbu jamoalarning özaro öyini ham bor.
«Çelsi» «Lester»ga yutqazadigan bölsa, sönggi turda yutsa ham, maksimal 67 oçkoda qolib ketadi va «Liverpul» bemalol quvib ötadi. «Çelsi» va «Lester» durang öynaydigan bölsa, londonliklar yakunda maksimal 68 oçkoga ega böladilar, bu ham «Liverpul» uçun ayni muddao. Birgina variant, «Çelsi»ning «Lester» ustidan ğalaba qozonişi qolyapti. U holda «Çelsi» sönggi turda ham ğalaba qozonib, oçkolari sonini 70 taga yetkazadi va «Liverpul» uçun yetib bölmas çegaraga çiqib oladi.
U holda «Lester» sönggi tur oldidan «Liverpul» bilan bir xil – 66 oçkoga ega bölib qoladi. APLda töplar nisbatiga e'tibor berilişini inobatga olsak, hozirda lesterliklarda +21, «Liverpul»da esa, +20. Bizning variantimizda, «Liverpul» ikki öyinni yutgan, «Lester» esa «Çelsi»ga yutqazgan holatda töplar nisbati u paytga kelib, «Liverpul»da ança yaxşiroq bölişi va törtinçi öringa kötarilib olişi aniq. Bu holatda «Lester» törtlikka qaytişi uçun sönggi turda «Tottenhem» ustidan öta yirik hisobda ğalaba qozonişiga töğri keladiki, bunga işoniş qiyin.
Demak, Angliyada YeÇL yöllanmasi «Çelsi» – «Lester» örtasidagi öyinda hal qilinadi. Bu öyin kelasi hafta, seşanba oqşomiga belgilangan. Dam oliş kunlari esa «Liverpul»ning «Vest Bromviç» safariga e'tibor qaratib turamiz. Kim biladi, APLdan tuşib ketgan bölsa-da, mavsumda «Mançester Siti», «Çelsi», «Mançester Yunayted» va hatto «Enfild»da ham oçko olişga muvaffaq bölgan «Vest Bromviç» Kloppga yetarli qarşilik körsatib, vaziyatni umuman boşqa tarafga burib yuborar?
Darvoqe, «Çelsi» – «Lester» öyinining kelasi haftaga qoldirilişi sababi - «Çelsi» – «Lester» öyinidir. Aynan şu raqiblar bugun Angliya kubogi finalida maydonga tuşadilar. «Çelsi» 9-bor bu sovrinni qölga kiritib, bu borada toza uçinçi öringa kötarib oliş imkoniyatiga ega bölsa, «Lester» öz tarixida ilk bor Angliya kubogi egasiga aylanişi mumkin. Lesterliklar bungaça tört bor finalda mağlubiyatga uçragandilar.
Mavzuga oid
Angliya kubogi. Final
15 may (şanba)
21:15. Çelsi – Lester
APL. 36-tur. 16 may (yakşanba)
20:30. Vest Bromviç – Liverpul
APL. 37-tur. 18 may (seşanba)
00:15. Çelsi – Lester
ISPANIYa: «Atletiko» yetti yil ötib, yana şohsupaga qaytadimi?
Ispaniyada kuçli törtlik allaqaçon şakllanib bölgan, ammo çempionlik kuraşi oxirgi daqiqalargaça davom etişi şubhasiz. 37-tur bölgani uçun, Liga reglamentiga köra, barça öyinlar bir vaqtda ötkaziladi.
«Atletiko» hisobida 80 oçko mavjud va qolgan ikki öyindagi ğalaba Simeone şogirdlarini mamlakat çempioniga aylantiradi. Eng yaqin ta'qibçi – 78 oçkoli «Real» Bilbaoga borib, ğalaba qozonişi yetmagandek, «Atletiko»ning oçko yöqotişidan umid qilişi kerak. Özaro öyinlarda Zidan jamoasining ustunligi borligi uçun, «Atletiko» hatto bir öyinni durang qilib qöysa ham, «Real»ni ötkazib yuboradi.
«Levante» bilan durang «Barselona»ning imkoniyatlarini deyarli yöqqa çiqarib qöydi. Endi kataloniyaliklar öz öyinlarini yutiş bilan birgalikda, «Real» qolgan ikki öyinda kamida 3 oçko yöqotişi, «Atletiko» esa ikki öyindan atigi bir oçko olişi kerak böladi. Bunga albatta, işoniş qiyin. «Sevilya» (74 oçko) özaro öyinda «Atletiko»dan ustun bölmagani tufayli, çempionlik imkoniyatini rasman yöqotgan.
Bundan taşqari, La Ligada quyi jadvalda ham qizğin kuraş ketmoqda. «Alaves» (35 oçko), «Xetafe» (34), «Ueska» (33), «Valyadolid» (31), «Elçe» (30) va «Eybar» (30) kabi jamoalar turnir jadvalida oxirgi örinlarni egallab turişibdi. Uşbu guruhdan uçtasi ligani tark etadi va har bir jamoada qutulib qoliş imkoniyati saqlanib turibdi.
Qiziği, sönggi turlarda bu jamoalar faqat sirtdan raqobat qiladilar, ya'ni birorta ham özaro öyin yöq. Ammo «Valyadolid»ning 38-turdagi «Atletiko»ga qarşi öyini barçaning e'tiborida turişi aniq. Mezbonlar ligada qoliş uçun oçko olişi kerak, «Atletiko» esa çempion bölişi uçun ğalaba qozonişi şart bölgan holat yuzaga keliş ehtimoli yuqori.
La Liga. 37-tur. 16 may (yakşanba)
21:30. Atletiko – Osasuna
21:30. Barselona – Selta
21:30. Atletik – Real Madrid.
ITALIYa: Turin osmonida qora bulutlar
Italiyada Angliyaga öxşaş holat, çempion nomi aniq, ammo qolgan tört jamoa YeÇL yöllanmasini beruvçi 3 örin uçun qizğin kuraş ostonasida turişibdi. «Atalanta» va «Milan»da 75 oçkodan töplab, göyo favoritdek turişibdi. «Napoli»da 73, «Yuventus»dan 72 oçko bor. Ammo sönggi turda «Atalanta» va «Milan»ning özaro öyin kutib turganini ham inobatga olsak, kartalar yanayam çalkaşib ketadi.
Törtlikni ta'qib qilib kelayotgan «Yuventus»ning ahvoli ham misol uçun «Liverpul» kabi, öziga boğliq emas. Birinçidan, yuqorida eslangan «Atalanta» – «Milan» öyinida ikkala jamoani ham qoniqtiradigan durang qayd etilişi mumkin. Yoki «Milan» yutadigan bölsayam, «Atalanta»ning töplar nisbati ança yaxşi. Ikkinçidan, 37-turda «Yuventus»ga «Inter»ning özi qarşilik qiladi. Albatta, milanliklar allaqaçon çempionlikni hal qilib, motivatsiyani yöqotgan bölişlari mumkin, lekin aynan «Yuventus»ni YeÇLdan mahrum qilib, «çempionlik tortini yasatişni» «Inter» istamaydi, deysizmi? Buning ustiga, bosimsiz jamoa yanada yaxşiroq öynaşi mumkin.
Jadvalning quyi qismida ham barçasi aniq emas. «Parma» va «Krotone» rasman ligani tark etişgan, lekin «Benevento»da qutiliş uçun imkoniyat bor. Jamoa 31 oçkoga ega va 35 oçkoli «Torino» va «Spetsiya»ni ta'qib qilmoqda. «Benevento»ning ikki ğalabasi va bu ikki jamoaning yetarli oçkolarni qölga kirita olmasliklari vaziyatni özgartirib yuborişi mumkin.
Göyoki, bu qiyin, ilojsizdek körinadi, töğrimi? Yöq. Gap şundaki,37-turda «Benevento» allaqaçon ligani tark etgan «Krotone»ni qabul qiladi. «Spetsiya» va «Torino» esa özaro öyinda maydonga tuşadi. Demak, bu öyinda ğalaba qozongan jamoa oçkolari sonini 38taga yetkazib, A Seriyada örnini saqlab qolsa, mağlub «Benevento»ga «yem bölişi» mumkin. Durang ham har ikki jamoani sönggi tur oldidan xavf ostida qoldiradi.
Zero sönggi turda «Spetsiya» ança kuçli «Roma»ga qarşi öynasa, «Torino», diqqat qiling, aynan «Benevento»ni qabul qiladi. Demak, «Torino»ni sönggi ikki turda ikki final kutib turibdi va bu öyinlarda mağlub bölsa, kelasi mavsumda Turin derbisini körmaymiz.
A Seriya. 37-tur. 15 may (şanba)
18:00. Jyenoa – Atalanta
21:00. Yuventus – Inter
23:45. Roma – Latsio
16 may (yakşanba)
15:30. Fiorentina – Napoli
23:45. Milan – Kalyari
GeRMANIYa: Dortmund qaytmoqda
«Ayntraxt»ning kutilmaganda, oxirgi 4 öyinda 2 mağlubiyat va bir durang qayd etişi göyo imkonsiz tuyulgan ehtimolni haqiqatga aylantirdi – endi «Dortmund» kuçli törtlikda. «Borussiya»da 58, «Ayntraxt»da esa 57 oçko bor. Sönggi ikki turda dortmundliklar ğalaba qozonişsa, kamida 4-örinda qoladilar.
Bu turda Terziç şogirdlari aynan «Ayntraxt»ga pand bergan «Mayns» mehmoni böladilar. «Mayns»ning xavfliligi şundaki, jamoa 36 oçko bilan 12-örinni egallab turgan bölsa-da, özini butunlay xavfsiz his qilgani yöq, zero 16-örindagi jamoadan 5 oçko oldinda bormoqdalar. Bundan taşqari, «Mayns» mana şu pozitsiyaga keliş uçun deyarli qahramonlik körsatdi, qatorasiga 8 öyinda mağlubiyat nimaligini bilmadi. Bu seriya içida «Bavariya» ustidan qozonilgan ğalaba ham bor. Oxirgi tur esa «Borussiya» «Bayyer» bilan öynaydi.
Frankfurtliklar örtamiyona «Frayburg» va ligani allaqaçon tark etgan «Şalke»ga qarşi maydonga tuşadilar. Demak, törtlik uçun kuraş tugagani yöq va katta ehtimol bilan sönggi turda ham davom etadi.
Bundesligada jon saqlaş uçun raqobatda yuqorida tilgan olingan «Mayns»dan taşqari, «Herta»da 34, «Ausburg»da 33, «Verder»da 31, «Arminiya»da 31, «Kyoln»da 29 oçko bor. Bugun bölib ötadigan «Herta» – «Kyoln» öyini alohida e'tiborga arziydi.
Bundesliga. 33-tur
15 may (şanba)
18:30. Şalke – Ayntraxt F
16 may (yakşanba)
21:00. Mayns – Borussiya D
23:30.Leypsig – Volfburg
FRANsIYa: Poçettino yana çempion böla olmaydimi?
Oxirgi sakkiz yilda ikkinçi marta «PSJ» çempionlikdan quruq qolişi mumkin. Roppa rosa ön yil oldin mamlakat çempioni bölgan «Lill» öz tarixida törtinçi marotaba uşbu sovringa juda yaqin turibdi. «Lill» 36 öyindan söng, 79 oçko jamğargan va eng yaqin ta'qibçisi «PSJ»dan 3 oçko oldinda bormoqda. Demak, sönggi ikki turda 4 oçko «Lill»ni Fransiya çempioniga aylantiradi. Kristof Galte esa haqli ravişda Yevropaning eng yaxşi murabbiyi bölişga asosiy da'vogar bölişi şubhasiz. «Lill» nafaqat oçko töplaşda barqarorlik namoyiş etdi, balki özaro öyinlarda ham Parijdan ustunlik qildi, bu ham alohida tahsinga sazovor.
Galte şogirdlari bu turda «Sent Eten»ni qabul qilişsa, oxirgi öyinni «Anjye» maydonida ötkazadilar. Qiziği, «Sent Eten» Fransiyada eng köp çempion bölgan klub sanaladi – 10 marta. «PSJ»da bunday sovrinlar soni töqqizta bölib, uşbu mavsumda yetakçilarga yetib oliş imkoniyatiga ega. Xöş, «Sent Eten» yana bir yilga umumiy peşqadamlikni saqlab turgisi keladimi yoki sport prinsiplari ustun kelib, «Lill»ni töxtatib qolişga urinadimi, bu ham qiziq intriga. Fransiyada oçkolar teng bölib qolganda, töplar nisbatiga qaralişini inobatga olsak, «Lill» mağlubiyatga uçraşga haqqi yöq.
Fransiya çempionati. 37-tur
16 may (yakşanba)
23:59. PSJ – Reyms
23:59. Lill – Sent-Eten
23:59. Monako – Renn
BONUS: Turkiya
Turkiya uçun bu yangilik emas, lekin bu safargi çempionlik poygasi yanayam özgaça böldi va Ispaniyadan qolişmayapti. Turnir jadvalini yakka boşqarib kelgan «Beşiktoş» qatorasiga ikki öyinni boy berdi va natijada «Galasatasaray» oçkolar böyiça yetib oldi. «Fenerbaxçe» esa ötgan turda mağlubiyatga uçrab, 1-öringa çiqib oliş imkoniyatini boy berib qöydi. Eng oxirgi tur oldidan «Beşiktoş» va «Galatasaray»da 81tadan, «Fenerbaxçe»da esa 79 oçko mavjud. «Beşiktoş» va «Galatasaray» örtasida özaro öyinlar teng (1:3, 2:0) bölgani uçun, ikkinçi navbatda töplar nisbatiga qaraladi. Bu borada «Beşiktoş» +44, «Galatasaray»da esa +42. Demak, «Galatasaray» çempion bölişi uçun «Beşiktoş»ga nisbatan 3 töp farqida ğalaba qozonişi yoki «Beşiktoş»ning oçko yöqotişidan umid qilişi kerak böladi. «Beşiktoş» safarda «Gyoztepe»ga qarşi töp sursa, «Galatasaray» öz maydonida «Malatyaspor»ni qabul qiladi.
«Fenerbaxçe»da ham çempion böliş uçun kiçkina imkoniyat mavjud. Buning uçun «sariq-qoralar» ğalaba qozonişlari va ham «Beşiktoş», ham «Galatasaray»ning mağlubiyatga uçraşidan umid qilişlariga töğri keladi. Ulardan biri durang öynasa ham, imkoniyat qolmaydi, çunki özaro öyinlarda «Fenerbaxçe» har ikki raqibiga ham mağlub bölgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi