Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva markazida yangi «Zaryade» parki ochildi (fotojamlanma)
Shahar kunida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva markazida yangi «Zaryade» parkini ochdi. U sobiq «Rossiya» mehmonxonasi o‘rnida bunyod etilgan. "Gazeta.ru" xabariga ko‘ra, Moskva rasmiylari parkka yiliga 10 million kishining tashrif buyurishiga umid qilishmoqda.
Yashil kenglik to‘rt landshaft zonaga ajratilgan: dasht, maysazor, shimoliy landysh, shuningdek turfa xildagi o‘rmon (aralash, ignabargli daraxtlar, qirg‘oq o‘rmoni, qayin bog‘i). Parkda umumiy hisobda 120 turdagi o‘simlik namoyish qilingan. «Zaryade» parki so‘nggi 70 yilda poytaxtning tarixiy markazida qad ko‘targan birinchi eng yirik park bo‘ldi. Parkning umumiy maydoni 10,2 gektarni tashkil qiladi.
Manbaga ko‘ra, bu yakshanba parkka faqat taklifnoma asosida kirish mumkin. 11 sentabrdan esa park darvozalari barcha uchun ochiladi.





















Suratlar manbasi: Artem Sizov/«Gazeta.Ru»
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026