Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIVda ilg‘or to‘qimachilik korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
2017 yilning 4-7 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekistonning ilg‘or to‘qimachilik korxonalari rahbarlari va xorijiy ekspertlar bilan qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlarda O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan raqobatbardosh to‘qimachilik mahsulotlarini yangi tashqi bozorlarga olib chiqish istiqbollari muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, jahonga mashhur o‘zbek paxtasidan tekstil tovarlari tayyorlovchi aksariyat korxonalar ishlab chiqarish jarayonida eng zamonaviy texnologiya va jihozlardan foydalanar ekan, hozirda mahsulotning sifati hech bir tomonda shubha uyg‘otmaydi.
Tadbirkorlar YeI davlatlari bozorlariga tegishli o‘zbek mahsulotlarini yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga To‘qimachilik bayonnomasining imzolanishini va 2017 yil 1 iyulda kuchga kirishini ma'qulladilar. Shu o‘rinda ta'kidlanganidek, mazkur kelishuv to‘g‘risidagi ma'lumot YeI bojxona xizmatlariga hozirgi vaqtga qadar rasman yetkazilmagan. Bu holat turli darajadagi ikki tomonlama muzokaralarda muntazam ko‘tarilayotgan o‘zaro savdoning kengayishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Suhbat davomida o‘zbek mahsulotlarini chet el bozorlariga eksport qilishni oshirishni diplomatik qo‘llab quvvatlashga doir boshqa masalalar batafsil muhokama qilindi.
Mavzuga oid
21:42 / 27.02.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
17:50 / 27.01.2026
O‘zbekiston Rossiyadagi reydlarda o‘z fuqarolarining huquqlari ta’minlanishini so‘radi
11:30 / 05.01.2026
O‘zbekiston to‘qimachilik eksportida tayyor mahsulotlar yetakchi bo‘ldi
23:25 / 23.12.2025