12:44 / 09.09.2017
6627

Tramp arab davlatlariga Eron bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni, BAA va Qatar yetakchilarini «Eron tahdidiga» qarshi kurashish uchun birdamlikka chaqirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, Tramp Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud, BAA valiahd shahzodasi Muhammad bin Zayd Al Nahayon va Qatar amiri Tamim bin Hamad Al Taniy bilan telefon muloqoti o‘tkazdi.

«Prezidentning ta'kidlashicha, AQSh va arab sheriklar o‘rtasidagi birdamlik Eron tahdidiga qarshi kurashish uchun kerak», - deyiladi xabarda.

Shuningdek, Tramp terrorizm bilan kurashish muhim ekanini ham ma'lum qilgan.

Avvalroq Saudiya Arabistoni Qatar bilan muloqotdan bosh tortgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top