Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London politsiyasi terrorchilarga qarshi yangi vosita yordamida kurashadi
London politsiyasi avtomobillarda odamlar bosilishi bilan kechadigan teraktlarning oldini olish maqsadida yangi usul ishlab chiqdi. Bu haqda britan politsiyasiga iqtibos keltirgan holda The Times nashri xabar bermoqda.
Politsiyada “avtoterrorchilar”ni to‘xtatish uchun volfram tirnoqlarga ega maxsus to‘r qo‘llash taklif qilindi. Yangi vosita Talon (Tirnoq) degan nom oldi. Bu to‘r harakatlanayotgan transport vositasi ro‘parasida yoyiladi. Mashina ushbu vositani bosishi bilan undagi tirnoqlar mashina g‘ildiraklariga sanchilib, uni chirmab oladi. Buning natijasida g‘ildiraklar aylanishdan to‘xtab, mashina yurolmay qoladi.
Bunday to‘rlarni ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda ularning ishtirokchilari xavfsizligini ta'minlash maqsadida yoyish mumkin. Politsiyaning fikricha, “Tirnoq”ni yoyish uchun bir daqiqadan kamroq vaqt va ikki nafar xodim yetarlilik qiladi. To‘r 17 tonnalik yuk mashinasini ham to‘xtata olishga qodir.
“Bu qurilma shubhasiz ko‘plab hayotlarni saqlab qolishi mumkin va Londonda piyodalarning himoyasini ta'minlashga qaratilgan choralardan biridir”, deb izoh berdi politsiya vakili. Yangi qurilma Uaytxolldagi parad vaqtida tomoshabinlarga namoyish qilindi.
Mavzuga oid
14:24 / 21.06.2026
London shimolida ikki poyezd to‘qnashdi
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
23:09 / 28.04.2026