Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikadagi zilzilaning sababi ma'lum bo‘ldi
AQSh Geologiya xizmati Meksikada 7 sentabr kuni yuz bergan juda kuchli zilzilaga nima sabab bo‘lganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Nature News.
Yer silkinishi o‘chog‘i Kaliforniya yarim oroli va Panama bo‘yini o‘rtasida joylashgan Kokos platosida bo‘lgan.
«Bunday hajmdagi zilzila subduktsiya zonalari chegarasida ko‘p kuzatiladi», - deya ma'lum qildi Pomondagi Kaliforniya politexnika davlat universiteti zilzilashunosi Yasha Polet.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «yuz bergan ajralish turi odatda bunday ko‘lamdagi zilzilaga sabab bo‘lmaydi».
«Hozircha yer silkinishi nima uchun bunday kuchli bo‘lgani haqida gapirishga erta, biroq bu kelajakda ko‘plab tadqiqotlarga olib kelishi aniq», - deya ta'kidlab o‘tdi olim.
Avvalroq Meksikadagi zilzila paytida sirli chaqinlar yuz bergani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026