Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzan Qodirov rohingya musulmonlarini qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarni o‘tkazmaslikka chaqirdi
Foto: kremlin.ru
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Myanmadagi rohingya musulmonlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi namoyishlarni o‘tkazishga boshqa ehtiyoj yo‘qligini aytdi.
“Ayni vaqtda namoyishlarni o‘tkazishga hech qanday ehtiyoj yo‘q. Agar bu namoyishlar kerak bo‘lganda, men bu maqsadda Grozniyning markaziy maydonini taqdim qilib, barcha sharoitlarni yaratib bergan bo‘lardim”, deb yozgan Qodirov instagramda.
Qodirov, shuningdek, “tashviqotlarga berilmaslik” va rohingyalarga imkoni boricha gumanitar yordam ko‘rsatishga chaqirgan.
10 sentabrda Sankt-Peterburgda rohingyalarni qo‘llab-quvvatlovchi tartibsiz namoyish bo‘lib o‘tdi. Namoyishda 100 dan ko‘proq odam kelishilmagan tadbirdagi ishtiroki uchun ushlangan.
4 sentabrda Grozniyda myanmalik musulmonlarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiya o‘tgandi. Unda 1,1 mln kishi qatnashgan.
Mavzuga oid
00:25 / 26.01.2026
Erondagi norozilik namoyishlar vaqtida 30 ming kishi halok bo‘lgan – OAV
15:17 / 19.01.2026
Eron hokimiyati namoyishlar vaqtida 5000 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi
21:00 / 13.01.2026
Erondagi namoyishlar: qurbonlar soni minglab bo‘lishi mumkin
09:53 / 13.01.2026