Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shotlandiyadagi bolalar uyi binosi ostida bolalar suyaklari aniqlandi
Shotlandiyada Smyllum Park bolalar uyi yaqinida 400 dan ko‘proq bola ko‘milgan ommaviy qabr aniqlandi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, ushbu bolalar uyi 1864 yildan 1981 yilgacha ishlagan. Bu vaqt ichida muassasadan 11 ming bola o‘tgan. 2004 yilda bu yerda tarbiyalanuvchilar bilan beshafqat munosabatda bo‘lingani aniqlangan.
Arxiv ma'lumotlariga ko‘ra, bolalar uyidagi ko‘pchilik bolalar tabiiy sabablarga ko‘ra, jumladan sil kabi kasalliklardan vafot etganlar.
Ayni vaqtda politsiya bolalar bilan beshafqat munosabatda bo‘lish holati bo‘yicha tergov boshladi. Avval bolalar uyiga egalik qilgan "Rahm-shafqat opa-singillari” deb ataluvchi tashkilotda ushbu holat yuzasidan ko‘rsatmalar berildi va tergov bilan hamkorlik qilishga va'da berildi.
Mavzuga oid
12:14 / 21.03.2026
Shotlandiyada atom suvosti kemalari bazasi yaqinida ikki kishi qo‘lga olindi
12:24 / 19.11.2025
Shotlandiyada drama. Yevropada JChning yana besh ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi
07:20 / 24.07.2025
WSJ Trampning press-pulidan chiqarib tashlanadi
10:53 / 30.03.2025