Jahon | 21:25 / 12.09.2017
12725
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning davlat qarzini ko‘rsatuvchi tablo joyidan olib tashlandi

AQShning davlat qarzini ko‘rsatuvchi Nyu-Yorkda o‘rnatilgan tablo AQShning qarzi tarixda ilk bor 20 trln dollardan oshib ketgandan keyin olib tashlandi.

8 sentabrda real vaqtda AQShning davlat qarzini ko‘rsatuvchi tablodagi yozuv 20 trln dollarga yetgandi. 

© Commons.wikimedia/ Valugi

“RIA Novosti” axborot agentligi muxbirining ma'lum qilishicha, Manxettenda joylashgan tablo 12 sentabrda olib tashlangan. Taxmin qilinishicha, tablo displeyini texnik tomondan takomillashtirish uchun olingan.

Foto: Sputnik / Tatyana Lukyanova

8 sentabrda AQSh prezidenti Donald Tramp kongress tomondan ma'qullangan byudjyetni imzolab, qarzning yuqori chizig‘ini 8 dekabrgacha oshirishni ma'qullagandan keyin AQSh davlat qarzi birinchi marta 20 trln dollarlik bo‘sag‘adan oshib ketgan. 

AQSh qarzini kuzatib boruvchi USdebtclock.org portali ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda AQSh qarzi taxminan 20,16 trln dollarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga oid