Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya prezidenti Fransiya rahbari va Avstraliya bosh vaziri bilan KXDR fitnalarini muhokama qildi
Foto: Yonxap
Koreya respublikasi prezidenti Mun Chje In Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Avstraliya bosh vaziri bilan KXDRning oltinchi yadro sinovini o‘tkazganiga javob choralarini muhokama qildi. Bu haqda Yonxap agentligi xabar qilmoqda.
Mun Chje In Makron bilan telefon orqali suhbatda qayd etganidek, KXDRning so‘nggi yadro sinovi avvalgilaridan tubdan farq qiladi. Janubiy Koreya yetakchisi "KXDRning fitnali siyosatini qoralayotgani uchun Fransiyaga minnatdorlik bildirdi". Makron, o‘z navbatida, Mun Chje In qarashini to‘liq ma'qullashini ta'kidladi. Uning qayd etishicha, jahon hamjamiyati birgalikda Pxenyanni muzokaralar davrasiga qaytaradi.
Mun Chjye In Avstraliya hukumati rahbari Malkolm Tyornbull bilan bo‘lib o‘tkazgan muloqotida Seulning bosh maqsadi jahon hamjamiyati bilan birgalikda Pxenyanga bosimni kuchaytirish ekanini bildirdi. Tyornbull, o‘z navbatida, Avstraliya hukumati Pxenyanga bosimni kuchaytirish borasida siyosatni davom ettirish istagida ekanini, xususan BMT XKning yangi rezolyutsiyaga rioya etilishini ta'kidladi.
Mavzuga oid
11:20 / 15.04.2026
Janubiy Koreyada barcha uchun bepul bazaviy mobil internet joriy qilinadi
18:59 / 13.04.2026
Janubiy Koreya Qozog‘istondan neft import qilishni rejalashtiryapti
15:29 / 03.04.2026
Tramp Makron va uning rafiqasini masxara qildi. Fransiya yetakchisi javob qaytardi
21:34 / 01.04.2026