Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp kuzda Osiyo bo‘ylab turnega jo‘naydi
Foto: AP Photo/ Brennan Linsley
AQSh prezidenti Donald Tramp shu kuzda Osiyo davlatlari bo‘ylab turnega jo‘naydi. Bu haqda Oq uyda ma'lum qilingan.
Tramp Osiyoga ilk safari vaqtida Filippinda bo‘lib o‘tadigan Sharqiy Osiyo va AQSh-ASeAN sammiti hamda Vetnamda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammitiga tashrif buyuradi. Bu sammitlar noyabrda bo‘lib o‘tadi. Avvalroq Tramp Xitoyga safar uyushtirmoqchi ekanligi ma'lum qilingandi. Tramp matbuot xizmatida bu ma'lumotga izoh berilmagan.
Si Tszinpin aprelda Trampni Xitoyga kelishga taklif qilgandi. Trampning qizi va kuyovi Ivanka Tramp va Jared Kushner Xitoyga yil oxirigacha borishga va'da berishgan. AQSh matbuotida ularning Xitoyga safaridan maqsad Trampning Xitoyga safariga tayyorgarlik qay yo‘sinda ketayotganini aniqlash bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:25 / 15.04.2026
Tramp: Eron bilan mojaro tugashiga oz qoldi
08:38 / 15.04.2026
Tramp Melonini Eron bo‘yicha pozitsiyasi uchun keskin tanqid qildi
07:54 / 10.04.2026
«Osiyo Amazoniyasi»da noyob hayvonlar fotoqopqonlarga muhrlandi
09:10 / 09.04.2026