So‘nggi 20 yildagi eng kuchli magnit bo‘roni Yerga tahdid solmoqda

Foto: NASA
Yaqin kunlarda huddan tashqari faollashgan quyosh chaqnashlari sayyoramizda yuqori intensiv magnit bo‘ronini keltirib chiqaradi.
Olimlarning prognoziga ko‘ra, Yerga so‘nggi 20 yildagi eng kuchli magnit bo‘roni tahdid solmoqda. Bunga oxirgi vaqtlarda bir necha marta ro‘y bergan quyosh chaqnashlari sabab bo‘lmoqda. Qator ommaviy axborot vositalari shu haqida ma'lum qilgan.
Quyosh energiyasining zarrachalari Yerning magnit maydoni bilan o‘zaro ta'sirga kirishadi va tizimda buzilishlar qayd etiladi - biz ularni magnit bo‘roni deb ataymiz. Bu hodisa aloqa, elektr ta'minoti tizimlarida buzilishlarni keltirib chiqaradi hamda bolalar va jonivorlarning salomatligiga ta'sir ko‘rsatadi.
Manbaga ko‘ra, magnit bo‘roni boshlangan, lekin hali avj pallasiga chiqmagan, deya xabar beradi Planet-Today. U so‘nggi 20 yildagi eng kuchli magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda. 13 sentabr kuni Yer magnitosferasi og‘irroq ahvolda bo‘ladi, biroq soat 17:00dan keyin ancha tinchlanadi.
14 sentabr, payshanba kuni esa G1 darajasidagi zaif magnit bo‘roni kuzatiladi.
Olimlar yurak-qon tomir tizimidagi kasalliklari bo‘lgan, psixikasi nosog‘lom va meteotobe' kishilarni yaqin kunlarda sog‘lig‘i bezovta qilishi mumkinligidan ogohlantrishmoqda.
6 sentabr kuni Quyoshda so‘nggi 12 yildagi eng kuchli chaqnash ro‘y bergan, u ikki quyosh dog‘i guruhlarining qo‘shilishi natijasida yuzaga kelgan. Keyingi, X toifali yanada kuchli chaqnash esa 8 sentabr kuni qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda sifati kafolatlanmagan dorini 16 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 11:36
-
Yevroittifoq Qrim va Sevastopol uchun sanksiyalarni uzaytirdi
Jahon | 11:22
-
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14
-
Eron-Isroil urushining iqtisodiy ta’siri: Xo‘rmuz bo‘g‘ozi to‘sib qo‘yilishi mumkinmi?
Jahon | 11:07
Mavzuga oid

21:37 / 14.05.2025
Quyoshda 2025 yildagi eng kuchli chaqnash yuz berdi

15:06 / 01.05.2025
Moliyaviy xavflarni aniqlash va baholash tartibi belgilandi

01:36 / 23.03.2025
23 mart kuni magnit bo‘roni kuchayishi kutilmoqda

10:12 / 18.03.2025