Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 13:10 / 14.09.2017
31279
1 daqiqa o‘qiladi
«Real» yana bir bo‘lajak yulduzni qo‘lga kiritdi
Madridning «Real» va Braziliyaning «Gremio Novorizontino» klublari 17 yoshli yarim himoyachi Rodrigo Antonio Rodrigesning Ispaniya jamoasiga o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishishdi.
Marca xabariga ko‘ra, o‘yinchi yaqin vaqt ichida «qaymoqranglilar» safiga kelib qo‘shiladi. Ta'kidlanishicha, avvaliga futbolchi «Real»ning zaxira jamoasi - «Kastilya» uchun bahslarda maydonga tushadi.
Rodrigo «Gremio Novorizontino»ning asosiy tarkibida 2017 yilning yanvaridan beri to‘p surmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish