Toshkentda firibgarlik jinoyatlari oshishi kuzatildi
2017 yilning 7-14 sentabr kuniga qadar Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligi profilaktikasi xamda sodir etilgan jinoyatlarni «issiq izi»dan fosh etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berdi.
Sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik muqarrarligini ta'minlash maqsadida, olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida sentabr oyi boshidan – 32 ta, hafta davomida esa – 15 ta, jumladan, 8 ta o‘g‘irlik, 2 tadan firibgarlik, 1 tadan bosqinchilik, bezorilik, transport vositasini olib qochish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish va hujjatlarni qalbakilashtirish kabi jinoyatlar «issiq izida» fosh etildi.
Shuningdek, yil boshidan 1510 nafar, jumladan oy boshidan buyon 101 nafar, hafta davomida 53 nafar qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar ushlangan.
Bundan tashqari, yil boshidan 547nafar shaxs bedarak yo‘qolgan sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida yil boshidan 410 nafar, oy boshidan 18, hafta davomidaesa 6 nafari aniqlanib o‘z yashash manzillariga qaytarilgan.
Shu bilan bir qatorda, 2017 yilning 8 oyi davomida barcha yo‘nalishlardagi jinoyatlar 11 foizga (ya'ni, 1155 taga), jumladan, qasddan odam o‘ldirish, nomusga tegish, talonchilik, o‘lim bilan tugagan yo‘l-transport hodisalari, avtoulovlardan o‘g‘irlik, transport vositalarini olib qochish, tovlamachilik, bezorilik, odam savdosi kabi jinoyatlar kamaygani bilan bir qatorda, firibgarlik jinoyatlari o‘tgan yilning 8 oyiga nisbatan oshgan. Lekin shunday bo‘lsada, yil boshidan birinchi marotaba o‘tgan yil avgust oyiga nisbatan bu borada ham keskin kamayishiga erishildi.
Mavzuga oid
17:25 / 11.11.2024
Qozog‘istonda xotinkush Bishimbayev koloniyadan qochib ketgani rad etildi
17:11 / 24.10.2024
10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi
21:33 / 19.10.2024
Rossiyada go‘dak bolaning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonlik enaga hibsga olindi
19:56 / 15.10.2024