Içki işlar vazirligi ma’lumotiga köra, uşbu tadbirlar natijasida tovlamaçilik, noqonuniy qurol saqlaş, qimorxona taşkil etiş, odam savdosi, orttirilgan immunitet virusi infeksiyasini tarqatiş va fohişaxona saqlaş bilan boğliq köplab jinoyatlar foş etildi.
Xususan, tezkor tadbirlar davomida 116 ta tovlamaçilik, 315 ta noqonuniy qurol bilan boğliq, 86 ta qimorxona taşkil etiş, 40 ta odam savdosi, şuningdek, 790 ta OIV infeksiyasini tarqatiş va fohişaxona saqlaş kabi jinoyat holatlari aniqlangan.
Şuningdek, qidiruvda bölgan 533 nafar şaxs uşlanib, ularga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlangan. Yanvar–fevral oylarida jami 3150 ta jinoyat işi qözğatilgan, 2934 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 980 nafariga nisbatan esa qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Tadbir boşidan noqonuniy qurol saqlaş bilan boğliq 315 ta jinoyat işi qözğatilib, natijada 4570 ta sovuq qurol olingan. Ular orasida 50 ta bita, 72 ta kastet, 4004 ta ötkir tiğli jism va 444 ta boşqa turdagi qurollar bor.
Bundan taşqari, daliliy aşyo sifatida 5814 dona öq-dori va 3 kilogramm 715 gramm portlovçi modda musodara qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarda kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatuvçi, yoşlar va aholi orasida buzğunçi yot ğoyalar hamda jinoyat olami qaraşlarini tarğib qilgan 47 ta akkaunt bloklangan.







