Jahon | 21:32 / 15.09.2017
9975
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning 800 milliondan ziyod aholisi to‘yib ovqatlanmasligi ma'lum bo‘ldi

Foto: gazetadaily.ru

Sayyoramizning to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekuvchi aholisi soni 815 million kishigacha yetdi va dunyo aholisining 11 foizini tashkil qildi. BMTning besh gumanitar tashkiloti tomonidan juma kuni Rimda taqdim etilgan "Dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish holati" hisobotida shu haqida ma'lum qilindi. 

Ochlik ko‘lami o‘n yil davomida qisqargan, ammo bugun uning o‘sishi harbiy nizolarning ko‘payishi va iqlim o‘zgarishlari asoratlariga bog‘liq, deyiladi BMT oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlanish fondi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va BMT bolalar fondi (YUNISEF) tomonidan tayyorlangan hujjatda. Ularning hisoboti birinchi marta oziq-ovqat xavfsizligiga bog‘liq vaziyatni BMTning 2030 yilga borib ochlikni bartaraf etishga doir rejalari kontekstida baholamoqda.

"Qashshoqlikning tarqalishi va oziq-ovqat xavfsizligi darajasining pasayishi yangi tendensiyaga o‘tishga ishorami yoki yo‘q, hozircha noma'lum. Qanday bo‘lmasin, 2010 yilga taqqoslaydigan bo‘lsak, to‘yib ovqatlanmaslik sur'atlari sezilarli darajada sekinlashdi. Bunday ma'lumotlar Janubiy Sudanda rasman ochlik e'lon qilingan, Yaman, Nigeriya va Somali kabi qator mamlakatlarda esa oziq-ovqat xavfsizligi tanazzulga yuz tutgan va ochlik tahdid solayotgan yilda qayd etildi", - deyiladi ma'ruzada. 

Mavzuga oid