Shifokorni ko‘rdim, mushtdan ko‘zi qizargan, musht tushmagan ko‘zida ham yosh...

Yaxshiyam shifokor bo‘lib ishlamaganim (kasbim shu aslida), yo‘qsa men ham kimningdir salomatligini tiklayman deb kaltak yerdim, so‘kish eshitardim. Ana undan keyin yetti yuz ming emas yetti million maosh olsam ham ko‘zimni yumardim. O‘sha mushtumzo‘r bilan uning tilida gaplashardim, bu so‘zlarni eshitguncha jonimni xatarga qo‘yib bo‘lsa ham qonga belanguncha mushtlashardim...
O‘qituvchini ko‘rdim, shunchalar abgor va tili qisiqki, ko‘pchilik oldida, o‘z hamkasblari ko‘z o‘ngida g‘ururi toptalib kaltak yesa ham bo‘ynini egibgina turibdi... Yaxshiyam o‘qituvchi emasman (otamning kasbi shu aslida), agar o‘qituvchi bo‘lganimda bir emas o‘n million oylik olsam ham shu so‘zlarni aytib qo‘l ko‘tarayotgan hokimga undan ortiq javob berib, hammasidan voz kechib ketardim.
Bu ikkisining qiyofasida millatning buguni va kelajagiga munosabatni ko‘rdim. Ko‘nglim xavotirda endi. Ibn Sinoga hurmat shunday bo‘lganida o‘sha davrdayoq ko‘pchilik qirilib bitib, biz tug‘ilmasmidik...
Avloniylarni johillarcha kaltaklayversak, o‘zimiz ham jaholatga g‘arq bo‘larmidik...
O‘zbegimni ko‘rdim. O‘yg‘onmoqda! Garchi uzoqdan bo‘lsa ham bu holatlarni qat'iy qoralamoqda, aybdorlarga keskin choralar ko‘rishni talab qilmoqda. O‘yg‘onganing rost bo‘lsin o‘zbegim, nohaqlikka duch kelganda bir biringni qo‘llashing rost bo‘lsin! Vakillaringning jaholati yengiladi. Sening qiyofangda umid ko‘rdim!
Abror Zohidov
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

13:10 / 13.05.2025
Kuvaytlik shifokorlar Qoraqalpog‘istonda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi

15:23 / 07.05.2025
«Oilaviy shifokorlar 1500, hamshiralar esa 600–800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz» - prezident

17:10 / 02.05.2025
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi

23:22 / 25.04.2025