Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi ish boshladi
Bugun, 15 sentabr kuni Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida tashkil etilgan Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasida qo‘shni mamlakatning avtomobilsozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, elektrotexnika, qurilish materiallari va boshqa tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ellikka yaqin kompaniyasi mahsulotlari namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov qatnashdi.
Ko‘rgazmada Qozog‘istonda ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalari keng namoyish etilmoqda. Bir necha rusumdagi Peugeot, Lada brendi ostida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar, JAC elektromobillari tashrif buyuruvchilar e'tiboriga havola etilgan.
Ko‘rgazma O‘zbekistonda qulay ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish, tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar qozog‘istonlik tadbirkorlarda katta qiziqish uyg‘otganini namoyish etdi.

«Qozog‘iston va O‘zbekiston an'anaviy savdo hamkorlar hisoblanadi, — dedi Kazakh Invest kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari Meyrjan Maykenov. — So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda valyuta bozorini liberallashtirish, import tovarlarga aksiz soliqlarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar, shubhasiz, qozog‘istonlik tadbirkorlarni mamlakatingiz biznes doiralari bilan faol hamkorlikka undaydi».
Ekspozitsiyaning alohida bo‘limida Qozog‘iston ilmiy-texnik ishlanmalari, ilm-fanda erishilayotgan yutuqlar, innovatsion texnologiyalar namoyish etilmoqda. Ular orasida ta'lim va tibbiyot yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan Nazarboyev universiteti, Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligi, Kazakhstan Engineering kompaniyasi stendlari ko‘pchilikning e'tiborini jalb etmoqda.

Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi iqtisodiyotning turli sohalarida hamjihatlikni mustahkamlashga va o‘zaro tovar aylanmasini 2020 yilgacha 5 milliard dollarga ko‘tarishga qaratilgan sa'y-harakatlarning tarkibiy qismi sifatida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:23 / 25.02.2026
Ukrainadagi urushning 4 yilligi munosabati bilan Toshkentda ko‘rgazma ochildi
10:46 / 13.10.2025
O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi
11:05 / 29.05.2025
Sharq san’atidan metafizikagacha: “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasida nimalar namoyish etilmoqda?
09:38 / 26.04.2025