Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:24 / 16.09.2017
3678
1 daqiqa o‘qiladi
El Pais: Barselonada gaz portlashi oqibatida 21 kishi jarohat oldi
Foto: Reuters
16 sentabrda Barselonadagi novvoyxonalardan birida ikki marta maishiy gaz portlashi oqibatida kamida 21 kishi jarohat oldi. Bu haqda El Pais nashri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlardan birining ahvoli og‘ir, 8 kishi jiddiy jarohat olgan. 6 kishiga voqea joyida yordam ko‘rsatilgan, qolgan jarohatlanganlar esa shifoxonaga yetkazilganlar.
Voqea ertalab 5 qavatli binoning 1-qavatida yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, novvoyxonada gaz qozoni portlagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish