23:55 / 16.09.2017
9483

Fransiya chempionati. «Monako» va Falkao to‘xtamayapti

Fransiya chempionatinig 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan birida «Monako» o‘z uyida «Strasburg»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda Lopeshning goliga ikkinchi bo‘limda Radamel Falkaoning dubli evaziga 3:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Monako» hisobidagi ochkolar soni 15taga yetdi va jamoa peshqadam «PSJ»ga yetib oldi. «Strasburg» esa 4 ochko bilan 19-pog‘onani band etib turibdi.

Fransiya chempionati, 6-tur

Monako – Strasburg 3:0 (1:0)

Gollar: Lopesh (44), Falkao (51, 67).
Monako: Benalo, Glik, Jorjye, Jyemerson, Sidibe, Tilemans, Fabino, Lopesh (Karrilo, 72), Gezzal, Yovetich (Keyta, 59), Falkao (Meite, 85).
Strasburg: Kamara, Martines (Lienar, 46), Mangan, Seka, Kone, Sako (Grimm, 68), Axolu, Marten, Tere (Gonsalves, 74), Saadi, Da Koshta.
Ogohlantirishlar: Marten (1), Mangan (63), Sidibe (73), Jorjye (84).

Top