XVJ: O‘zbekiston ko‘plab sinovlarni yengishiga to‘g‘ri keladi

Foto: MVF
O‘zbekiston ko‘plab sinovlarni yengishiga to‘g‘ri keladi, biroq islohotlar samaraliroq iqtisodiy tizimga o‘tishga imkon beradi, deb aytdi Xalqaro valyuta jamg‘armasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo davlatlari departamenti direktori Jihad Azur.
Azur O‘zbekistonga 14-16 sentabr kunlari tashrif buyurdi. U tashrifi davomida rasmiy idoralar va manfaatdor tomonlar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.
Tomonlar mintaqaviy va jahon iqtisodiyotida yaqinda bo‘lib o‘tgan voqealar hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni muhokama qilishgan.
“Men iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar bilan rasmiy idoralarni tabrikladim va bu yo‘lda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishda sodiqligimizni tasdiqladim. Biz O‘zbekistondagi iqtisodiy vaziyat, jumladan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, birinchi navbatda, yaqinda amalga oshirilgan ayirboshlash kurslarini bir xillashtirish va valyuta bozorini erkinlashtirish haqida fikrlar almashdik”, deb aytgan Azur.
“O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida ko‘pgina chaqiriqlarni yengishiga to‘g‘ri kelishi mumkin, bu islohotlar davlatga samaraliroq va oxir-oqibatda, ko‘proq gullayotgan iqtisodiy tizimga o‘tishga imkon beradi. Men shuningdek hukumatning mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy savdoni kengaytirishga qaratilgan say'-harakatlarini qutlayman”, deb qo‘shimcha qilgan XVJ vakili.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
Sport | 21:21
-
Tehronda O‘zbekiston-Eron biznes forumi o‘tkazildi
O‘zbekiston | 21:05
-
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda
O‘zbekiston | 20:56
-
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
Jahon | 20:43
Mavzuga oid

14:12 / 09.05.2025
O‘zbekiston va BAA turizm sohasida kadrlar tayyorlashni boshlaydi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

21:05 / 27.03.2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar. Ularni qanday yengish mumkin?

15:52 / 21.03.2025