Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kubadagi elchixonasini yopishi mumkin
AQSh Kubadagi elchixonasining bir qator xodimlari akustik hujumga uchragandan keyin elchixonani yopish masalasini o‘rganmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson ma'lum qilgan.
Tillersonning CBS telekanaliga intervyusi vaqtida boshlovchi bir qator senatorlarning ushbu hujumlar sababli Kubadagi elchixonani yopish chaqirig‘iga izoh berishni so‘ragan.
“Biz bu masalani o‘rganmoqdamiz. Bu jiddiy masala, chunki bir qator xodimlarimiz ta'sirga uchraganlar”, deb aytgan Tillerson.
AQSh davlat departamentining fikricha, AQShning Gavanadagi elchixonasi xodimlari maxsus qurilmalar vositasida “akustik hujum”ga uchraganlar. CBS News telekanalining tibbiy ekspertiza ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, Kubadagi amerikalik va kanadalik diplomatlarga “yengil bosh miya jarohati” tashxisi qo‘yilgan.
Bundan tashqari, akustik hujumga uchragan diplomatlar eshitish qobiliyatini qisman yo‘qotish hamda nutq va xotira bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekmoqdalar. Bu haqda The Guardian nashri yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh elchixonasining kamida 21 xodimi ba'zi so‘zlarni unutishni boshlashgan hamda e'tiborni jamlash bilan jiddiy muammolarni his qilmoqdalar. Ma'lum qilinishicha, diplomatlarga hujum o‘tgan yil noyabridan olib borilgan. Gavana esa bunga aloqasi yo‘qligini ta'kidlab kelmoqda.
Mavzuga oid
10:15
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
22:34 / 12.06.2026