Tramp Shimoliy Koreya yetakchisiga laqab qo‘yib oldi
AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni Raketa-odam deb atadi. Trampning bu haqdagi xabari uning tvitterdagi akkauntida paydo bo‘ldi.
“Kecha Janubiy Koreya prezidenti Mun bilan gaplashdim. Undan Raketa-odam qanday yurganini so‘radim. Shimoliy Koreyada yonilg‘iga uzun navbatlar kuzatilayotganmish. Yomon bo‘libdi-da!”, deb yozgan Tramp.
Oq uyning ma'lum qilishicha, ikki yetakchi telefon orqali suhbatda Shimoliy Koreyaning Yaponiya ustidan uchib o‘tgan raketasini muhokama qilishgan.
“Ikki yetakchi Shimoliy Koreya hattoki BMT Pxenyan tomondan takrorlanayotgan ig‘volarni jiddiy tarzda qoralagandan keyin ham jahon hamjamiyatiga chaqiriq tashlashni davom ettirayotganini qayd etishgan”, deb aytilgan “RIA Novosti” axborot agentligi olgan xabarda.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyada benzinga navbatlar BMTning yangi sanksiyalari e'lon qilingandan keyin yuzaga kelgan.
Mavzuga oid
22:13 / 31.10.2024
Ukraina Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha XJSga murojaat qiladi
21:26 / 29.10.2024
KXDR rahbari Kim Chen Inning xavfsizligi kuchaytirildi – OAV
23:22 / 17.10.2024
Shimoliy Koreyada chuchxe kalendari bekor qilindi
21:47 / 06.10.2024