Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyaliklar O‘zbekistonda zamonaviy agroklaster qurishadi
Britaniyaliklar O‘zbekistonda paxta xomashyosi va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish uchun zamonaviy klaster quradi, shuningdek, mahsulotlarni qayta ishlab, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining 15 sentabr kuni imzolangan «Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-tekstil klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan.
Ushbu loyiha doirasida Vek cluster qo‘shma korxonasi tashkil etiladi, ta'sischilar Britaniyaning TRONTEX LP va GRATUM TRADING LP kompaniyalari bo‘ladi.
Yangi klaster quriladigan Sirdaryo viloyati hokimiyati 18 ming gektar sug‘orma yer ajratadi, shundan 13 ming gektari Mirzobod tumanida, 5 ming gektari – Xovosda.
Prezident qaroriga ko‘ra ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun korxona 2022 yilning 1 yanvariga qadar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.
Bundan tashqari, Bek Cluster QK MChJ hamda uning tarkibiga kiruvchi korxonalarga o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni erkin tasarruf etish, narx-navo shakllantirish va mahsulot realizatsiyasi hajmlarini mustaqil belgilash ruxsat etildi.
Ushbu faoliyat bilan barcha xarajatlar MChJning o‘z mablag‘lari, shuningdek, tijorat banklari kreditlari hisobidan qoplanadi.
Bundan tashqari, Bek Cluster o‘ziga ajratilgan yerlarda fermer xo‘jaliklari bilan mehnat shartnomalari asosida mehnat uchun adolatli haq to‘lash prinsiplari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Bek Cluster tayyor mahsulotni yuqori narxlar bo‘yicha marketing tadqiqotlari aniqlab bergan bozorlarga eksport qilib boradi. Marketing tadqiqotlari hammuassislar — Trontex LP va Gratum Trading LP bilan hamkorlikda olib boriladi.
Mavzuga oid
13:52 / 01.05.2026
Sirdaryoda norasmiy nikohdagi ayol erining qonuniy xotinini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi
09:18 / 29.04.2026
Sirdaryoda soliqchi pora sifatida tilla taqinchoq olganda ushlandi
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
18:05 / 30.03.2026