Jahon | 10:42 / 18.09.2017
4788
2 daqiqa o‘qiladi

Mun Chje In: KXDRga bosim o‘tkazish uni yadro dasturidan voz kechishga majbur qiladi

Foto: Koreya Respublikasi prezidentining matbuot xizmati

Koreya respublikasi bosim o‘tkazish yo‘li bilan KXDRni raketa-yadro dasturidan voz kechishga majbur qiladi. Koreya prezidenti Mun Chje In 18 sentabr kuni Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi turli mamlakatlar qurolli kuchlari vakillari ishtirokida Seulda bo‘lib o‘tayotgan forumga yo‘llagan videomurojaatida shu haqda so‘z yuritgan. 

“Shimoliy Koreya raketalar va atom bombalari emas, balki muloqot va hamkorlik o‘z xavfsizligi va farovon kelajagini ta'minlashning yagona usuli ekanini yaxshi anglab yetishi kerak”, - degan Mun Chje In. 

Uning qayd etishicha, rasmiy Seul raketa sinovlarini davom ettirayotgani, ommaviy qirg‘in quroli va uni yetkazish vositalarini ishlab chiqishga urinayotgani uchun KXDRni "qattiq jazolash"ga urinadi. “Biz Shimolga shu yo‘l bilan yadro va raketa qurollaridan voz kechishdan boshqa chora qoldirmaymiz”, - deya ishonch bildirgan Chje In. 

Janubiy Koreya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, KXDRning hatti-harakatlari “ayni vaqtda mintaqada xavfsizlikni ta'minlash masalalari borasida eng jiddiy va zudlik bilan hal etish"ni talab qiladi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid