Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyatining suv ta'minoti tizimi modernizatsiya qilinadi
Prezidentning 13.09.2017 yildagi PQ–3273-son «Namangan shahri va Namangan viloyatining Pop tumani aholisini sifatli ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Norma.uz’ning yozishicha, hujjat quyidagi loyihalarning amalga oshirilishini ko‘zda tutadi:
• «Namangan shahrining suv ta'minoti tizimini rekonstruksiya qilish». Loyihani birgalikda moliyalashtirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 98 million AQSh dollari miqdoridagi krediti jalb etiladi;
• «Pop tuman markazining vodoprovod taqsimlovchi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish»;
• «Pop tuman markazining suv ta'minoti tizimini rekonstruksiya qilish». Loyiha doirasida «Xalqobod» suv olish inshootlarida yer osti suvlarining tasdiqlangan zaxiralaridan foydalaniladi;
• «Namangan shahrining kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish».
Loyihalarni amalga oshirishda bosh pudratchilarga asbob-uskunalar va materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni istisno tariqasida tender savdolarini o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan, jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish bilan tuzishga, shuningdek subpudratchilarni jalb etishga ruxsat berildi.
Loyihalarda ishlatiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), jumladan buyurtmachi, bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlar, shu jumladan ishlab chiqaruvchilar va jalb etiladigan subpudratchilar tomonidan sotib olinadigan materiallar, xom ashyo va asbob-uskunalar QQSdan ozod etiladi.
Qaror bilan qator tashkiliy masalalar ham tartibga solingan.
Mavzuga oid
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
08:20 / 20.05.2026