Jamiyat | 11:43 / 18.09.2017
21525
3 daqiqa o‘qiladi

Sergelida ikki shaxs qo‘riqlash xizmati xodimlarini haqorat qilgani uchun IIBga topshirildi

Foto: Sergeli IIB

Joriy yilning 8 sentabr kuni soat 22.00da Sergeli tumani, Sergeli 4-dahasida joylashgan ovqatlanish shoxobchasida ikki noma'lum shaxs mast xolatda bir biri bilan urib, shoxobcha oynalarini sindirib, janjal qilayotgan vaqtlarida, ushbu hududda xizmat o‘tayotgan Sergeli TIIB Qo‘riqlash bo‘limi Texnik qo‘riqlash markazi xodimlari bo‘layotgan janjalni ko‘rib qolib, avtoulovni to‘xtatib, ovqatlanish shoxobchasiga kirishgan va noma'lum shaxslarni tinchlantirishga uringanlar. 

Lekin ular qo‘riqlash xizmati xodimlarini haqorat qilib, bo‘ysunmaganliklari sababli, mazkur fuqarolar tuman IIB navbatchilik qismiga topshirilgan. Ushbu fuqarolardan biri, o‘ziga o‘zi tan jaroxati yetkazganligi sababli, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida, tez tibbiy xodimlari chaqirilib, uni kasalxonaga olib ketilgan. Xozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 
 
Shu kuni soat 00.23 larda Sergeli tumani IIB Qo‘riqlash bo‘limi Texnik qo‘riqlash markaziga Sergeli tumani Yangi Qo‘yliq-5-50da joylashgan, shartnoma asosida “Tashvish” tugmasi orqali qo‘riqlanayotgan Qo‘yliq maishiy kasb-hunar kollejidan tushgan xabar bo‘yicha Texnik qo‘riqlash markazi xodimlari voqea joyiga o‘z vaqtida yetib borganlarida, kollej qorovuli 1980 yilda tug‘ilgan B.S.A. kollej xududida noma'lum shaxs borligini aytib, yordam so‘ragan.

Xodimlar kollej hududini ko‘zdan kechirayotgan vaqtlarida, ushbu hududda joylashgan binoning ikkita oynasi singanligi va oyna oldida bir qiz o‘tirganligi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaroning o‘ng qo‘lida tan jarohati borligi aniqlanib, voqea joyiga tez tibbiy yordam va tuman IIB Profilaktika inspektori chaqirtirilgan. Profilaktika inspektori tomonidan voqeaga oydinlik kiritilib, tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan u shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Mavzuga oid