Jamiyat | 22:40 / 18.09.2017
12684
1 daqiqa o‘qiladi

Yuridik xizmatdagi bo‘sh ish o‘rinlarini topishda navbatdagi qulaylik

Foto: Total.kz

“Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma'lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga (2017 yil 28 fevral) muvofiq davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma'lumotlari bazasi tegishincha Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan shakllantiriladi hamda yuritiladi.  

Adliya vazirligi tomonidan yuridik xizmati xodimlarining ma'lumotlar bazasini markazlashtirilgan tartibda yuritib borilishini ta'minlash maqsadida, internet tarmog‘ida jurist.wintech.uz sayti yaratilib ishga tushirildi.

Mazkur saytga respublika bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar muntazam ravishda joylashtirilib, yangilab boriladi.

Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlaridagi barcha vakant ish o‘rinlar haqidagi ma'lumotlarni ushbu jurist.wintech.uz sayti orqali ham olish imkoniyati mavjud.

Mavzuga oid