Jamiyat | 21:23 / 18.09.2017
7211
1 daqiqa o‘qiladi

“JAR” sport sog‘lomlashtirish kompleksida​ bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

2017 yil 21 sentabr kuni ​Shayxontohur tumani “JAR” sport sog‘lomlashtirish kompleksida soat 10.00dan 17.00 ga qadar  Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda kompleks matbuot xizmati Kun.uz'ga xabar berdi. 


"Ushbu  mehnat yarmarkasida 60ga yaqin korxona-tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 812 ta bo‘sh ish joylari bilan tadbirda ishtirok etishlari kutilmoqda. Shuningdek, 
yarmarkaga ishsiz fuqarolar, jazoni o‘tab chiqqan va bugungi kunda ishsiz bo‘lgan fuqarolar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari tashrif buyurishi rag‘batlantiriladi", deyiladi xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid