Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda tuya bilan sodir bo‘lgan YTHda 5 kishi halok bo‘ldi
Qozog‘istonning Olmaota viloyatida Range Rover yo‘ltanlamasi tuya bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 5 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Politsiya mahkamasiga ko‘ra, avtohalokat “G‘arbiy Yevropa – G‘arbiy Xitoy” avtoyo‘lida 19 sentabrga o‘tar kechasi ro‘y bergan.
"43 yoshli olmaotalik ayol tomonidan boshqarilayotgan Range Rover Aydarli qishlog‘i yaqinida tuya bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgan. Fojia joyida haydovchi ayol va 3 yo‘lovchi hayotdan ko‘z yumgan. Beshinchi kishi shifoxonada jon bergan", — deyiladi viloyat ichki ishlar departamenti xabarida.
Politsiyaning ma'lum qilishicha, egasi noma'lum tuya ham o‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha, halokat sodir bo‘lgan yo‘l qismida qurilish ishlari yakunlangani yo‘q. Shu sababli bu yerda avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan. YTH bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 05.07.2026
Mundialdagi debyutga rasmiy baho, qimmatlayotgan benzin va o‘pirilgan damba - hafta dayjesti
13:12 / 04.07.2026
“Malibu bolani 100 metrgacha sudrab ketgan” – Andijondagi mudhish hodisa tafsilotlari
10:30 / 04.07.2026
Qashqadaryoda tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi 9 ta avtomobilni urib ketdi
11:10 / 01.07.2026