Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Turkiyaning 200 ga yaqin dippasportli fuqarosi Germaniyadan boshpana so‘radi
Turkiya jumhuriyatining diplomatik pasportlariga ega 200 ga yaqin fuqarosi so‘nggi bir yilda GFRda boshpana topdi. Bu haqda DPA agentligi Germaniya ichki ishlar vazirligining maxfiy ma'lumotlariga asoslangan holda xabar qilmoqda.
"Bundan bo‘lishimumkin emas, bir tomondan biz 196 diplomatga boshpana beramiz, ikkinchi tomondan NATO bo‘yicha hamkor va YeIga a'zoligiga nomzod bo‘lgan Turkiya davlati bilan hamkorlikni davom ettiramiz, go‘yoki hech narsa bo‘lmayotgandek", - degan Germaniya parlamentidagi So‘l partiya fraksiyasi vakili Sevim Dagdelen.
Umuman, 249 ta ariza berilgan. Agentlikning aniqlik kiritishicha, bu raqamlarga diplomatik missiyalar xodimlarining a'zolari ham kiritilgan.
O‘tgan yilning yozida Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga harbiy urinish muvaffaqiyatsizlikka uchragach, ushbu toifadagi fuqarolardan arizalar tusha boshlagan.
Mavzuga oid
10:45
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
23:45 / 27.06.2026
Germaniyada jazirama harorat bo‘yicha yangi rekord
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026