Jahon | 22:20 / 19.09.2017
6379
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp: "Dunyoga kuchli mustaqil mamlakatlar koalitsiyasi zarur"

Foto: AFP Photo/Brendan Smialowski

Dunyoga o‘z suverenitetidan tinchlikni targ‘ib qilish maqsadlarida foydalanayotgan kuchli mustaqil mamlakatlar koalitsiyasi zarur, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida chiqish qilar ekan. 

"Bu hamkorlik va muvaffaqiyat asosidir. Kuchli, mustaqil millat mamlakatning turli qadriyatlar bilan rivojlanishiga imkon yaratadi. Turli madaniyatlar, turli orzular. Davlatlar shunchaki mavjud emas, ular bir-birini hurmat qilgan holda yelkama-yelka ish olib boradi. Kuchli mustaqil millatlardan iborat koalitsiya - muvaffaqiyat asosi", - dedi u. 

Shu o‘rinda Tramp Qo‘shma Shtatlar hududiy ekspansiyaga emas, "o‘zaro hamjihatlik va do‘stlik" sari intilayotganini ta'kidladi. 

"Biz nizo va kurash emas, o‘zaro hamjihatlik va do‘stlik tarafdorimiz. Bizni mafkura emas, natija qiziqtiradi. Biz umumiy maqsadlar, manfaatlar va qadriyatlarga asoslangan realizm siyosatini yuritmoqdamiz", - dedi Oq uy rahbari. 

Shuningdek Tramp Amerika o‘z qarashlarini birovlarga targ‘ib qilmoqchi emasligi, shunchaki boshqalarga ibrat bo‘lishni istashini aytib o‘tdi. 

Mavzuga oid