Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladesh bosh vaziri Myanmadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha rejasini taqdim qildi
Bangladesh bosh vaziri Shayh Hasina Myanmaning Arakan viloyatidagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha rejasini taqdim qildi. Bu haqda bdnews24 portali xabar bermoqda.
Bangladesh yetakchisi Islom hamkorlik tashkiloti kontakt guruhi yig‘ilishida Arakandagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha 6 ta qadamni taklif qildi.
"Bugungi kunda Myanmadagi musulmon birodarlar va singillar etnik tozalashlarga duch keldilar. Myanmada davom etayotgan harbiy operatsiya Arakan shtatining tanazzuliga olib keldi", deb aytgan Hasina.
Reja Arakandagi harbiy operatsiyaning zudlik bilan to‘xtatilishi, Myanmada tinch aholini himoyalashni kafolatlash uchun xavfsizlik hududining yaratilishi, BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Anan boshchiligidagi maslahat komissiyasining tavsiyalarini bajarish, qochqinlarga shoshilinch gumanitar yordamni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Daqqa Myanmadan rohingya millati vakillarini bengallar deb atovchi "davlat tashqiqotini" bas qilishni talab qilmoqda. Va nihoyat, rejadagi muhim band Myanmaga Bangladeshda boshpana topgan 400 mingdan ko‘proq rohingya qochqinlarining qaytarilishi hisoblanadi.
Myanma Daqqa bildirgan takliflardan birini – BMT va Islom hamkorlik tashkiloti shafeligida xavfsizlik hududining yaratilishini rad etdi. Shu bilan birga Myanmaning de-fakto bosh vaziri Aun San Su Chji rohingya qochqinlariga ularning Myanmada yashashga huquqlari tasdiqlangandan keyin Arakanga qaytishlariga ruxsat berilishini aytdi.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
13:18 / 01.12.2025
O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin
09:43 / 27.11.2025
Bangladeshda O‘zbekistonning yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
16:11 / 17.11.2025