Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyliklar kariyesga qarshi vaksina yaratilganini e'lon qilishdi
Foto: indiatimes.in
Olimlar ushbu kasallikning bosh sababi sifatida og‘iz bo‘shlig‘ida Streptococcus mutans bakteriyalarining ko‘payishi, deb hisoblashmoqda, deb yozadi Medportal.
Kariyesga qarshi vaksina prototipi tadqiqotlarida olimlar tishlarning zararlanishiga sabab bo‘luvchi mikloflorani yo‘q qilishning uddasidan chiqishdi. Xitoy fanlar akademiyasi tarkibidagi Uhan (Wuhan) virusologiya instituti ishchi guruh hisoboti Scientific Reports jurnalida chop etildi.
Manbaning qayd etishicha, hanuzgacha kariyesning hosil bo‘lishi borasida jo‘yali bir javob yo‘q. Biroq kasallikning paydo bo‘lishiga bosh sabab sifatida og‘iz bo‘shlig‘idagi sut kislotasi ishlab chiqaruvchi, tishda tosh paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi, tish emalini yemiruvchi va tishda karioz bo‘shliq hosil qiluvchi Streptococcus mutans bakteriyalari hisoblanib kelinmoqda.
Xitoyliklar kalamushlar ustida tajriba o‘tkazib, KF-rPAc gibrid oqsilining samaradorligi amalda «tasdiqlangani»ni ta'kidlashmoqda. Bu holda karioz bakteriyalar immunitetning intensiv hujumiga duchor bo‘ladi va ularning soni keskin kamayadi.
Yaqin orada tadqiqotchilar ko‘ngillilar orasida klinik tadqiqotlar olib borishni rejalashtirishmoqda.
Mavzuga oid
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
23:53 / 31.01.2026
Olimlar Nipah virusiga qarshi vaksina ishlab chiqishdi
18:06 / 29.01.2026
JSST O‘zbekistonni qizamiqdan xoli mamlakat maqomidan mahrum qildi
15:47 / 06.08.2025