Jamiyat | 20:34 / 20.09.2017
9443
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvalik boshiga 11 marta bolg‘a bilan urilgandan keyin omon qoldi

Moskvalik erkak sevgilisining sobiq yigiti unga hujum qilib, boshiga 11 marta bolg‘a bilan urgandan keyin omon qoldi. Bu haqda Moskva shahri ichki ishlar boshqarmasi saytida ma'lum qilindi.

Voqea Moskva shimolida yuz bergan. 22 yoshli gumonlanuvchini bu jinoyatni sodir etishga u bilan bir vaqtlar uchrashib yurgan 19 yoshli sobiq sevgilisi undagan. Jinoyatchilar 25 yoshli jabrlanuvchi ortidan bir necha hafta kuzatib yurishgan.

Gumonlanuvchi birinchi zarba bilan jabrlanuvchini yiqitib, unga yana 10 marta bolg‘a bilan zarba bergan. So‘ngra u jabrlanuvchining telefonini olib, voqea joyidan yashiringan. Ushbu hujum videokuzatuv kameralari tomondan qayd qilingan.

Hozirda jabrlanuvchi shifoxonada qolmoqda. Ushbu jinoyat yuzasidan "Talonchilik" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar hibsga olinganlar.

Mavzuga oid