Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti reytingi KXDR fitnalari sababli pasayib bormoqda
Koreya respublikasi aholisining prezident Mun Chje Inni qo‘llab-quvvatlash darajasi 4-haftadirki pasayib bormoqda. Ayni vaqtda bu raqam 65,7 foizni tashkil etmoqda. Realmeter agentligi tomonidan 18-20 sentabr kunlari 1,5 ming aholi orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari shunday deyishga asos bo‘lmoqda.
“Koreyaning voyaga yetgan fuqarolari orasida 65,7 foizi Mun Chje Inning prezidentlik lavozimidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu o‘tgan haftadagidan 1,4 foizga kam demakdir, - deya qayd etadi agentlik. – Uning faoliyatiga salbiy fikr bildirganlar o‘tgan haftadagiga nisbatan 3 foizga ko‘proq bo‘lib, 29,8 foizni tashkil etdi. Yana 4,5 foiz so‘ralganlar fikr bildirishmagan”.
Realmeter tahlilchilari Mun Chje In reytingining pasayishini aholining KXDR tomonidan so‘nggi harbiy fitnalariga bahosi ekanini aytmoqda.
Hukmron Toburo demokratik partiyasini so‘ralganlarning 49,8 foizi qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, muxolifatdagi Koreya ozodlik partiyasi faoliyatini – 17 foiz saylovchi ma'qullamoqda.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:26 / 06.05.2026