Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladesh bosh vaziri: Mamlakatga Myanmadan 800 mingdan ortiq qochqin keldi
Bugungi kunga kelib myanmalik rohingya musulmonlarining 800 mingdan ortig‘i Bangladeshga qochib keldi. Bangladesh bosh vaziri Hasin Vazid BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyadagi umumsiyossiy muhokamalarda shu haqda ma'lum qildi.
"Biz ayni vaqtda Myanmadan majbur bo‘lib kelgan 800 mingdan ortiq rohingya musulmonlariga boshpana berdik", - degan u. Vazid xonimning so‘zlariga ko‘ra, Myanmaning Rokhayn shtatida "rohingyalar huquqlari poymol etilmoqda".
"Biz Myanma hukumatining o‘z chegara hududida rohingyalar qaytib bora olmasliklari uchun mina yotqizayotganini dahshat bilan kuzatayapmiz", - degan Bangladesh hukumati rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, "rohingyalar yuzlab yillar mobaynida yashagan o‘z vatanlaridan etnik tozalashlar sababli qochmoqda".
"Bu odamlar xavfsiz holda sharaf bilan vatanlariga qaytish imkoniga ega bo‘lishlari lozim", - deb ta'kidlagan bosh vazir BMT va jahon hamjamiyatini "ushbu inqirozga barham berish uchun choralar ko‘rish"ga chaqirdi.
Vazidning aytishicha, Myanma hukumati "dastlabki shartlarsiz va zudlik bilan hamda doimiy ravishda Rokhayndagi etnik tozalashlarga barham berishi kerak".
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
13:18 / 01.12.2025
O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin
09:43 / 27.11.2025
Bangladeshda O‘zbekistonning yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
16:11 / 17.11.2025